Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 01:10 – Diego Godin: Atletikoning maqsadi – ECHLda g'olib bo'lish 
  • 00:40 – Monako vice-prezidenti Mbappening hozirgi narxini aytdi 
  • 00:10 – Serxio Ramos: "Ronalduning ketishi? "Real" istalgan futbolchidan ustun turadi" 
  • 00:00 – «Real» Milinkovich-Savich uchun so'ngi taklifni yuboradi 

Umid Ahmadjonov Prokuratura organlari xodimlari o'rtasidagi futbol musobaqasi finalida ishtirok etdi

Yurtimizda turli soha vakillari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va sportni, xususan futbolni ommalashtirish borasida ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirilib, bir qator musobaqalar o'tkazilmoqda.

Umid Ahmadjonov Prokuratura organlari xodimlari o'rtasidagi futbol musobaqasi finalida ishtirok etdi

Jumladan, Prokuratura organlari xodimlari o'rtasida ham O'zbekiston futbol associaciyasi bilan hamkorlikda futbol musobaqasi tashkil etilgan bo'lib, bugun mazkur musobaqaning Respublika bosqichi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.  Toshkent temir yo'llari transporti va muhandislik institutida o'tkazilgan final o'yinida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Xolmatovlar ishtirok etishdi.



Final o'yinida Qashqadaryo va Toshkent viloyati prokuraturasi jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Murosasiz kurashlarga boy o'tgan uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa omad Toshkent viloyati prokuraturasi jamoasiga kulib boqdi.

Final uchrashuvidan so'ng g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Finalda muvaffaqiyatga erishgan jamoa azolari hamda musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi, eng yaxshi himoyachisi, eng yaxshi hujumchisi va eng yaxshi darvozaboniga O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1