Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 01:30 – Serbiya - SHveycariya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi elon qilindi 
  • 01:10 – “Real” ukrainalik 19 yoshli darvozabon bilan shartnoma tuzdi 
  • 01:00 – JCH-2018. SHveycariya Serbiya ustidan irodali g'alaba qozondi 
  • 00:50 – JCH-2018. Serbiya - SHveycariya 1:2 LIVE. MATNLI TRANSLYACIYA 

Franciya FF vakillari "Bunyodkor", "Paxtakor" va "Lokomotiv" klublari bilan tanishdi

Avval xabar berganimizdek, 14 mart kuni Franciya futbol federaciyasi Prezidenti mahkamasi boshlig'i Janob Kenni Jan Mari va Texnik direktor o'rinbosari Lyudovik Debryu yurtimizga tashrif buyurishdi.

Franciya FF vakillari "Bunyodkor", "Paxtakor" va "Lokomotiv" klublari bilan tanishdi

Milliy olimpiya qo'mitasida franciyalik yuqori martabali mehmonlarni Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov qabul qilishdi va fikr almashishdi.

Bugun Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryu poytaxt klublari bilan yaqindan tanishishdi. Ularga FIFAning Mintaqaviy futbolni rivojlantirish menejeri Essam Al-Suhibbaniy hamrohlik qildi.


Avval, “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, bu erda yaratilgan shart-sharoitlarni ko'zdan kechirishdi. Mehmonlar stadion yuqori saviyada va juda chiroyli barpo etilganiga alohida urg'u berishdi. SHundan so'ng Jan Mari va Lyudovik Debryu “Bunyodkor” klubi akademiyasida bo'lishdi. Akademiya tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, yotoqxona, ovqatlanish xonasi, basseyn, dam olish xonasi, mashg'ulotlar maydonchalarini ko'zdan kechirishdi. Ular bu erdagi shart-sharoitlarni yuqori baholashdi.


SHundan so'ng Franciya futbol federaciyasi mutassaddilari “Paxtakor” klubiga tashrif buyurishdi. “Paxtakor” klubi stadionini ko'zdan kechirish chog'ida mehmonlarga klubning boy tarixi haqida malumot berildi. Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryu “Paxtakor” stadioniga ham yuqori baho berishdi.


Keyin esa francuz mutassaddilari “Lokomotiv” klubiga tashrif buyurib, bu klub stadionini ko'zdan kechirishdi. Klubda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

скачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1