Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 22:10 – "CHelsi"ning yangi futbolchisi: "Yangi chaqiruvlarga chanqoqman" 
  • 22:00 – Superliga. "Neftchi" Buxoroda durang qayd etdi 
  • 21:50 – Superliga. "Navbahor" - "So'g'diyona" 2:0 LIVE. ONLAYN 
  • 21:20 – Superliga. "Metallurg" - "Bunyodkor" 1:1 LIVE. ONLAYN 

Muxlis minbari. Bizga shunaqa futbol kerakmidi?

"Navbahor" muxlislar klubi etakchisi Farhod Umaraliev saytimizga o'z maqolasi bilan murojaat etdi.

Muxlis minbari. Bizga shunaqa futbol kerakmidi?

Kamina yil boshida muxlislarni birlashtirish, jamoamizning shonli davrini qaytarish yo'lida viloyatimiz hokimi va jamoamizga chin dildan mehnatini ayamayotgan insonlarga dalda bo'lish maqsadida ishga kirishdim. Muxlislar klubi etakchisi sifatida ish boshlab, vijdonan jamoamizni yuqori darajada qo'llab-quvvatlash maqsadida borimni berib ishlashga urindim.

Minnat qilishga yo'ymang-u, bugun bazi jihatlarni ochiqlashni burchim deb bildim. "Bunyodkor" futbolchilari bir necha oydan buyon oylik olmayotgani haqida xabarlar urchidi, lekin shu holatdayam jamoa ko'rsatayotgan o'yin tahsinga sazovor. Yoki "Buxoro" klubi bilan bog'liq moliyaviy muammolarni Ulug'bek Baqoev shaxsan aytib o'tdi. Ushbu malumotlarni bejizga keltirib ӯtmadim.

Klubimizda bu kabi muammolar haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Lekin, jamoamizning so'nggi ikki o'yinini ko'rib, shuncha imkoniyat va sharoit ko'kka sovurilmayaptimikin degan savol paydo bo'ldi. "Nasaf" oldingi tur o'yini arafasida birato'la 4 asosiy tarkib futbolchisisiz maydonga tushadigan bo'ldi. Hatto, Superligada hali o'ynashga ulgurmagan futbolchilar bilan boshladi "Nasaf" o'yinni.

Tan olish kerak, o'sha o'yinda "ajdarlar" bizdan ko'ra mazmunliroq o'yin ko'rsatishdi. Bir nechta "Nasaf" akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan o'yinni boshlashga majbur bӯlgan Ro'ziqul Berdiev jamoasi bizdan ko'ra tajovuzkor va mazmunliroq ko'rindi. Kecha Toshkentdagi o'yin esa bir nechta savollarni o'rtaga chiqarib qo'ydi. Marhamat, bir nechta kriteriyalar bo'yicha javob kutayotgan savollar bilan tanishib chiqing.

1. Davralar oralig'idagi transferlar samaradorligiga kim javob beradi? Darko Nikach - ushbu futbolchining ikki o'yinini ko'rib Nenad Inyacni eslashga majbur bo'ldim. Bir xil darajadagi futbolchilar, farqi faqat nomida. Pulni ko'kka sovurish deb nomlasak nima deysiz? SHu legioner xujumchi qilgan ishni yoshlarimiz tarkibida o'ynayotgan mahalliy futbolchi qilolmasmidi? Ortig'i bilan qiladi. Farqi, ertaga klubimiz va yurtimiz uchun bir yosh iqtidorni tayyorlagan bo'lamiz.

SHerzod Karimov bir yil davomida deyarli o'yin amaliyotisiz yurdi, lekin jamoaga taklif etildi va asosiy tarkib o'yinchisi. SHu erda Ilhom Mo'minjonovga bir savol bor. Biz uchun mehnati singgan Oybek Qilichev bir yil deyarli o'yin amaliyotisiz yurdi. Lekin u hatto jamoa tarkibida ham yo'q. Farqi, u jamoamiz manfaati deb yaqin bir yil maydondan tashqarida bo'ldi... Igor Golban masalasida maqtanmasa ham bo'ladi. CHunki uni allaqachon kashf etib bo'lishgandi namanganlik ishqibozlar. Ana endi o'ylab ko'ring, bu mavjud imkoniyatni ko'kka sovurish emasmi? Nimagadir fikr kelib qoldi, ushbu transferlar jamoani kuchaytirishga emas, qandaydir manfaatlar yo'lida amalga oshirilgandek taasurot uyg'otmayaptimi?

Sarvar Soliev jamoaga taklif etildi. Anvar Solievning o'g'li deb eshitganim asosiy tarkib bilan muntazam shug'ullanmoqda. Behruz Sadulloevning taqdiri takrorlanadimi u bilan ham? Qolishiga, o'rinbosarlar tarkibiga, kelajak uchun deb olingan bo'lsa, nima uchun 6 oylik shartnoma qilingan. Yoki ketishga tayyorgarlikmi? SHaroitdan unumli foydalanib qolishmi? Yarim mavsum tajriba to'pladi, toblandi va tayyor sharoit natijasida kimlar uchundir futbolchi tayyorlab berdik.

O'zimizni mahalliy futbolchilar shu holatni ko'rib ruhiy jihatdan sinib qolmasmikin tayyor sharoitdan begonalar foydalanib ketayotganini ko'rib. Ravshan Do'stmatov, Sarvar Solievlar o'rnida Akmal Turg'unboev va Bilol Toshmirzaev toblab borilsa nima bo'lardi? Yoki namanganlik yoshlarni suniy o'yindan tashqari holatga chiqarishmi bu taktika? O'zimizning yoshlarga berilsa shu imkoniyat to'g'ri bo'lardi. Farqi jamoamiz kelajagi uchun 2 nafar futbolchi tayyorlangan bo'ladi.

2. Ilhom Mo'minjonovga navbatdagi savol, kelganingizdan buyon qaysi yosh futbolchini kashf qildingiz o'rinbosarlar tarkibidan chiqqan?
Eshitishim bo'yicha shartnomalar orasida 6 oylik tuzilganlari ham bor ekan. Eng ajablanarli tarafi shundaki, bazi shartnomalarda biz bilmagan qandaydir bandlar ham mavjud bo'lib, unga ko'ra Ilhom Mo'minjonov jamoani tark etsa, bazi futbolchilar bilan tuzilgan shartnoma ham o'z kuchini yo'qotib, o'sha futbolchilar ham jamoani tark etar ekan. Kulgili, to'g'rimi?

Mavsum davomida bir mutasaddi aytib o'tgandi: "Mo'minjonovni almashtirsak bir nechta futbolchilar ham ketib qoladi, shuning uchun ham o'zi boshqarib yuribdi". Mo'minjonov kelganidan boshlab o'rnini shu tarzda "sug'urta" qilib olgan, qoyilmisiz?  Savollar birin-ketin chiqib kelmoqda. Eng alam qilgan jihati nima bilasizmi, kechagi alamli mag'lubiyatdan so'ng bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonovning o'yindan keyingi alo kayfiyati bo'ldi. Bu holat, hatto "So'g'diyona"dan uchralgan shubhali mag'lubiyatdan so'ng ham kuzatilgandi, sukut saqlagan edim. "Nasaf" bilan o'yindan so'ng ham shu holat.

3. Patriotizm degan tushuncha qayda qoldi, janob murabbiy?
Men bugun bir kishini aybdor qilib ko'rsatish fikridan yiroqman. Lekin, jamoamizning jonkuyar muxlislari bilishi kerak bo'lgan jihatlarni aytib o'tmasam vijdonim qiynaladi. Kamina muxlislar klubi etakchisiman. Men muxlislar va klub uchun ishlashim kerak. Bir taraflama tura olmayman. Vaqti kelganda klub manfaati uchun muxlislarga yomon ko'ringan vaziyatlarim bo'ldi. Ana endi klubga yomon ko'rinsam ham muxlislar uchun ishlashga majburman. Klub tizimidagi qisqa faoliyatim davomida ko'rib kuzatganlarimni chapani tilda siz bilan o'rtoqlashib turibman.

Men Vatanimni, shahrimni va "Navbahor"ni jonimdan ortiq sevaman. Xoh akam, xoh yaqin do'stim bo'lsin halol ishlashini talab qilib kelganman. Qanchalik ayanchli bo'lmasin, aytishga majburman. Eski rahbarlar orasida kaminaga bir nechta "takliflar" ham bo'lgan. Lekin men bunday nonko'rlikka mutlaqo qarshiman. O'sha rahbarlarni hokim vaqtida sezdilar va lavozimidan bo'shatdilar. Umid qilamizki, klubimizga o'z manfaatini o'ylaydigan insonlar qaytib kelmaydi. Xayrullo Hayitboevich bunday insonlarga qayta imkon bermasliklariga shaxsan ishonchim komil. Axir ko'ra turib jamoani futbolni tushunmaydigan va uni daromad manbaiga aylantirgan nokas kimsalarga topshirib qo'ymaydilar. Klubdayam halollik bo'lishini istayman.

Men o'z poziciyamdan ketishga tayyorman. Agar bu ketish jamoamiz uchun foyda keltirsa kifoya. Qani yuragida o'ti bor, haqiqiy vatanparvar muxlis bormi, o'rnimni hoziroq bo'shatib beraman. Mening o'rnim talashishga arzidigan joy emas, bu chinakam yuksak masuliyat. Biz futboldan rohatlanishimiz va g'ururlanishimiz kerak. Men butun klub tizimida halol insonlar ishlashini istayman. Bu yo'lda kerak bo'lsa jonimni berishga tayyorman.

Viloyatimiz hokimi va rahbarlar yaratib berayotgan shuncha imkoniyat ko'kka sovurilishiga shunchaki qarab turolmayman. Klubimizda to'liq halol va raqobatbardosh muhit hukm surishini xohlayman. Namanganlik ishqibozlar chiroyli va halol futbol ko'rishga haqli. Bizga shunaqa muhit va futbol kerak. Biz undan rohatlanishimiz, viloyatimiz esa g'ururlanishi darkor. SHu o'rinda hurmatli Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev, O'FA vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, viloyatimiz hokimi Xayrullo Bozorovlarga chuqur minnatdorchiligimizni bildirib qolaman. SHuncha imkoniyat yaratib berishayotgani uchun biz ham labbay deb javob berishimiz lozim, azizlar.

"Navbahor" muxlislar klubi etakchisi Farhod Umaraliev.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1