Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 11:00 – "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuviga marhamat, kirish bepul 
  • 11:00 – SHota Arveladze: "Metallurg" yaxshi jamoa" 
  • 11:00 – "Yuventus" va "Milan" Iguain transferini muhokama qilishmoqda 
  • 10:30 – Superliga. Bugun 18-tur start oladi 

Modrich: "Final natijasidan qatiy nazar, Xorvatiyada zilzila bo'ladi"

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Franciyaga qarshi bo'lib o'tadigan JCH-2018 final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Modrich: "Final natijasidan qatiy nazar, Xorvatiyada zilzila bo'ladi"

"Agar Xorvatiya g'olib bo'lsa, mamlakatda seysmik silkinishlar sodir bo'ladimi? Bu yoqimli. Butun mamlakat xursand bo'lsa biz bundan faxrlanamiz. G'alabaga erishamizmi yoki mag'lubiyatga uchraymizmi - ertaga baribir Xorvatiyada zilzila bo'ladi. Mamlakatimiz aholisi ko'chalarda bayram uyushtirishiga umid qilamiz.

Hayotimda katta qiyinchiliklarga duch kelganman. Asosiysi - hech qachon taslim bo'lmay, o'ziga ishonish va ishlashda davom etish. Parvoz va sho'ng'ishlar doimo bo'ladi, ammo orzu uchun kurashda davom etish lozim. Meni shu narsa harakatlantiradi.

O'yindan oldin nima deyish haqida bosh qotirmayman. O'sha paytda nimani his qilsam shuni gapiraman. Bizda ajoyib anana paydo bo'ldi: Aylana bo'lib turamiz va muloqot qilamiz. His-tuyg'ularni qoldirib, bor etiborni o'yinga qaratish kerak. Bu final, unda odatdagidan ko'proq harakat qilish lozim. Bilasizmi, yigitlarga nima deyishni bilganimda ham, uni sizlarga aytmagan bo'lardim" - deydi Modrich.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1