Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 11:00 – "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuviga marhamat, kirish bepul 
  • 11:00 – SHota Arveladze: "Metallurg" yaxshi jamoa" 
  • 11:00 – "Yuventus" va "Milan" Iguain transferini muhokama qilishmoqda 
  • 10:30 – Superliga. Bugun 18-tur start oladi 

No'mon Hasanov: “Omadsiz kunlarimiz ortda qoldi deb o'ylayman”

Superliga 14-turning qoldirilgan o'yini doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaning ikkinchi qismida No'mon Hasanov va Bexruz Sadulloev qatnashishdi.

No'mon Hasanov: “Omadsiz kunlarimiz ortda qoldi deb o'ylayman”

No'mon Hasanov: - O'yin qiziqarli bo'ldi. Tashabbus to'liq jamoamiz tomonida bo'ldi. O'yin asosan maydonning raqibimizga tegishli tomonida o'tdi. Ko'plab standart vaziyatlarga ega bo'ldik. Biz haqli ravishda g'alabaga erishdik. Futbolchilarimizga katta rahmat aytaman. Ular gol o'tkazib yuborgach  ham tushkunlikka tushib qolishmadi va oxirigacha kurashib g'alaba qozonishdi. Muxlislarimizga ham alohida tashakkur bildiraman. Ular bizga ishonib stadionga kelishdi. Biz doim ular uchun o'ynaymiz. To'g'ri omadsiz o'yinlarimiz ko'p bo'ldi. O'ylaymanki, omadsiz kunlarimiz ortda qoldi.

Bexruz Sadulloev: – Qo'qonlik muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin qiziqarli kechdi. G'alabada muxlislarimizning hissasi ham katta deb o'ylayman. Zaxiradan maydonga tushib, g'alaba golini kiritganimdan xursandman. Keyingi o'yinlarda ham muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuch g'ayratimni ayamayman.




Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1