Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 11:00 – "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuviga marhamat, kirish bepul 
  • 11:00 – SHota Arveladze: "Metallurg" yaxshi jamoa" 
  • 11:00 – "Yuventus" va "Milan" Iguain transferini muhokama qilishmoqda 
  • 10:30 – Superliga. Bugun 18-tur start oladi 

Andrey Fyodorov yangi futbolchilar asosiy tarkibga qo'yilmagani sababini aytdi

O'zbekiston Superligasi 14-turi doirasida "Navbahor" (3:1) jamoasiga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" ustozi Andrey Fyodorov va jamoaning uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchisi Sardor Mirzaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Andrey Fyodorov yangi futbolchilar asosiy tarkibga qo'yilmagani sababini aytdi

"O'yinning boshlanishi bizga qiyinroq bo'ldi. Bahs startidan oldin "Navbahor" shunday o'yin ko'rsatishini bilgandik. Dastlabki 10 daqiqalikda biz butun maydonni egallab olishga erishdik va taym davomida ustunlik qila oldik. Ikkinchi bo'limda esa tajriba evaziga biz raqibni mag'lub eta oldik. Ajoyib yakun uchun yigitlarga rahmat aytaman.

Yangi sxemalar? Biz murabbiylar shtabi bilan ilk davrani muhokama qildik va qanday gollar qo'yib yuborganimizni tekshirdik. SHu boisdan sxemalarga o'zgarishlar kiritdik. Bugun yangicha taktikalar bilan o'yinni o'tkazdik.

Pogrebnyak? U, Anzur va Temurxo'ja kabi futbolchilarning transfer ishlari o'yin boshlanishiga ikki soat qolganida yakunlandi. SHu boisdan ularning maydonga tushish borasida anchagina ikkilandik. Nikolay Minskdagi yig'inlarda biz bilan to'liqligicha shug'ullandi. U asta-sekinlik bilan jamoaga ko'nikib ketadi. Bu degani u barcha o'yinlarda asosiy tarkibda tushadi degani emas. Asosiy muammo - jamoaga moslashish. Buni vaqt ko'rsatadi.

Ismoilov? Ajoyib, tajribali futbolchilarga har doim jamoada joy topiladi. Sizga sirlarimini ochishni niyat qilmayapman", - dedi Fyodorov.


Sardor Mirzaev: "Bahs qiyin bo'ldi. "Navbahor" shunday kurashishini bilgandik. Birinchi bo'lim agressiv o'tdi. Ikkinchi bo'limning boshida biz koncentraciyani yo'qotib qo'ydik. Ammo o'z ustimizda yaxshi ishlaganimiz sababli g'alabaga ishongandik".


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1