Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 11:00 – "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuviga marhamat, kirish bepul 
  • 11:00 – SHota Arveladze: "Metallurg" yaxshi jamoa" 
  • 11:00 – "Yuventus" va "Milan" Iguain transferini muhokama qilishmoqda 
  • 10:30 – Superliga. Bugun 18-tur start oladi 

Ilhom Mo'minjonov: "Hoshimovning tajovuzkor o'yinlari menga yoqadi"

O'zbekiston Superligasi 14-turi doirasida "Lokomotiv" (1:3) jamoasiga qarshi o'yindan keyin "Navbahor" ustozi Ilhom Mo'minjonov va jamoaning uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchisi Azam Aliev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Ilhom Mo'minjonov: "Hoshimovning tajovuzkor o'yinlari menga yoqadi"

"Lokomotiv" jamoasiga qarshi 10 kishi bo'lib o'ynash juda qiyin. Ularning har bir chizig'ida tajribali futbolchilar o'ynashadi. Biroq shogirdlarimning ikkinchi bo'limdagi o'yini uchun rahmat aytaman. Ular yaxshi o'yin ko'rsata olishdi.

Hoshimov? Futbol - bu balet emas. Uning tajovuzkor o'yinlari menga yoqadi. Uning ikkita qo'pol xatosi tufayli biz 10 kishi bo'lib qoldik va mag'lubiyatga uchradik. U hozirgi kunda 80 foiz kuchi bilan o'ynamoqda. Davron birinchi davradagi jarohati sababli ancha muddatni maydondan tashqarida o'tkazib yubordi. Har bir futbolchining o'ziga hos emociyalari bor. U qizil kartochkaga loyiq edi.

Nikach? U 10 kun qolganda bizningsafimizga kelib qo'shildi. U jamoaga ko'nika olmayapti. Asta-sekin u oldingi o'yinlarini "Navbahor"da ham ko'rsata oladi. Darko g'alabalarda o'z hissasini qo'shishiga umid qilaman. Ilk davra oldidan jamoaga olib kelgan yangilartezda o'zini ko'rsata olgandi. Biroq Nikach bizga ko'nikishi qiyin bo'lmoqda.

Azam Aliev: "O'yin yaxshi bo'ldi. Qizil kartochka tufayli rejalarni o'zgartirdik.“Lokomotiv”ga qarshi 10 kishi bo'lib harakat qilish juda ham og'ir. Ikkinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsata olgandik. Biroq mag'lubiyatga uchradik.

O'zim markaziy yarim himoyachiman. O'zimni shu poziciyada erkinroq his qilaman. Ammo murabbiylar meni qaerga qo'ysa, o'sha erda o'zimni ko'rsatishga intilaman".


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1