Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 11:00 – "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuviga marhamat, kirish bepul 
  • 11:00 – SHota Arveladze: "Metallurg" yaxshi jamoa" 
  • 11:00 – "Yuventus" va "Milan" Iguain transferini muhokama qilishmoqda 
  • 10:30 – Superliga. Bugun 18-tur start oladi 

Jahon chempionatidagi Evropacha finallar sharhi

Jahon chempionati har xil qitalardan jamoalar qatnashishi bilan ham o'zgacha.

Jahon chempionatidagi Evropacha finallar sharhi

Bu yilgi bahslarda Evropa qitasi jamoalari boshqa qita vakillaridan ancha ustunlik qilgan bo'lsada lekin bahslar juda qiziqarli bo'ldi deb bemalol ayta olamiz. Rossiya mezbonlik qilayotgan Jahon chempionati finalida ikki Evropa terma jamoasi bahs olib boradi.
Biz hozirgacha bo'lib o'tgan Evropacha finallarni sharhini eslatib o'tamiz.

JCH-1994: Italiya – CHexoslovakiya 2:1
Evropa jamoalari orasida birinchi jahon chempioni bo'lgan jamoa Italiya hisoblanadi final bahsida CHexoslovakiya termasidan g'alabani yulib olgandi. Uchrashuvning 71- daqiqasida Antonin Puch CHexoslovakiyani oldinga olib chiqadi. Lekin uchrashuv yakunlanishiga 8 daqiqa qolganida Raymundo Orsi hisobni tenglashtiradi.

Uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarning beshinchisida Andjelo Skyavio hisobni Italiya foydasiga hal qiladi. SHu tariqa Italiya o'z maydonida o'tkazilgan turnirning bosh sovriniga ega bo'ladi.

Nimasi bilan qiziq?
Bu finalda har ikkala terma jamoalari sardori darvozabon bo'lgani bilan boshqa barcha finallardan farq qiladi. Bu bahsda Italiya darvozaboni Janpero Kombi va CHexoslovakiya darvozaboni Frantishek Planichka sardorlik bog'ichida maydonga tushishgan.

JCH-1938: Italiya – Vengriya 4:2
JCH-1938da Italiya terma jamoasi chempionligini munosib himoya qiladi. Uchrashuvda Jino Kolaussi va Silvio Piola dubl qayd etishadi. Jamoa ustozi Vittorio Pocco ikkita Jahon kubogini yutgan yagona murabbiy hisoblanadi.

Nimasi bilan qiziq?
Italiya yagona terma jamoa pley-off bahslarida quruq seriyasiz uchrashuvlarni o'tkazgan.1/8 finalda Norvegiyani 2:1, chorak finalda francuzlarni 3:1, yarim finalda Braziliyani 2:1, finalda vengerlar ustidan 4:2 hisobida zafar quchib kubok egasi bo'lishgan.

JCH-1954: GFR-Vengriya 3:2
“Bern mo'jiza”si nomi bilan mashhur final. Nega mo'jiza? CHunki bu raqiblar guruh bosqichida bahs olib borishgan va o'sha uchrashuvda vengerlar nemis mashinasini 8:3 hisobida yakson qilib tashlashgan edi. “Sehrli venger”larni hech kim yutolmaydi deb o'ylashgan edi o'shanda. Final bahsi ham shunday scenariy ostida boshlandi, 8 daqiqa ichida vengerlar ikkita gol urishdi, lekin nemislar haqiqiy harakter ko'rsatadilar dastlab. Maks Morlok hisobni qisqartiradi, Xelmut Ran esa dubl qayd etib GFRning g'alabasini taminlaydi.

Nimasi bilan qiziq?
Vengerlarning bu mag'lubiyati 30 uchrashuvlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'yadi, bu natijani faqatgina Argentina 1993 yilda yaxshilashga erishadi.

JCH- 1966: Angliya – GFR 4:2
1966 yilgi bahs eng yorqin finallardan biri sifatida tarixga kirgan. Hal qiluvchi uchrashuvning qo'shimcha taymlarida Jeff Xerst xet-trik qayd etib inglizlar uchun hozircha yagona bo'lib turgan oltin medallarni olib beradi.

Nimasi bilan qiziq?
Faqatgina ikki bor aka-ukalar birgalikda jahon chempioni bo'lishgan. Bular: Ottmar i Fric Valterlar JCH-1954da, Bobbi va Jek CHarltonlar JCH-1966da.

JCH-1974: Gollandiya - GFR 1:2
Bu final ham 1954 yilgi finalga o'xshab ketardi, negaki bu uchrashuvda ham nemislar favorit emas edilar. Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq gollandlar hisobni ochishadi. Lekin Pol Braytner hisobni tenglashtiradi, 43-daqiqada Gerd Myuller hal qiluvchi golni urib nemislarni g'alabasini taminlaydi.

Nimasi bilan qiziq?
Myuller JCH bahslarida 14 bor raqiblarni ranjitgan, qizig'i shundaki gollarni barchasini raqib jarima maydonida urgan bu esa JCH bahslarida rekord hisoblanadi.

JCH- 1982: Italiya – GFR 3:1
Italiya guruh bosqichida hech bir uchrashuvni g'olib bo'lmasdan pley-off bahsiga etib boradi. Lekin pley-off bahslarida Italiyani hech kim to'xtatib qola olmaydi. Final bahsida esa nemislarni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratadilar. Dastlab Paolo Rossi hisobni ochadi, ikkinchi golni Marko Tardelli o'z hisobiga yozib qo'yadi. Alessandro Altobelli esa o'yinga oxirgi nuqtani qo'yadi.

Nimasi bilan qiziq?
Final uchrashuvida 40 yoshli Dino Dzoff va 18 yoshlik Juzeppe Bergomi maydonga tushadi. Bu esa final bahslarida maydonga tushgan eng qari va yosh o'yinchilardir.

JCH-2006: Italiya- Franciya 1:1 (5:3 pen)
Eng dramatik kechgan final futbol tarixida. Uchrashuvning 7-daqiqasida Zidan Panenka uslubida penaltidan gol urib hisobni ochadi, 19-daqiqada Marko Materacci hisobni tenglashtiradi. Qo'shimcha taymlarda Zidan Marko Materacciga “kalla” qo'yadi va qizil kartochka olib uchrashuvni tark etadi. Penaltilar seriyasida francuzlar mag'lubiyatga uchrashadi.

Nimasi bilan qiziq?
Italiya tarkibida jahon chempionati bahslarida eng yaxshi to'purarlar ikkitadan gol bilan Marko Materacci va Luka Toni bo'ladi. CHempion tarkibida bunday kam gol urgan to'purar boshqa bo'lmagan.


JCH-2010: Gollandiya - Ispaniya 0:1
Tarixdagi eng qo'pol finallardan biri. Uchrashuvda 14 bor sariq kartochka ko'rsatilgan. Ispaniya qiyinchilik qo'shimcha taymlarda Inestaning goli evaziga g'alaba qozongan.

Nimasi bilan qiziq?
Ispaniya mundialning dastlabki uchrashuvida mag'lubiyatga uchrab, Jahon chempioni bo'lgan tarixdagi birinchi jamoa bo'lgan.


Nig'mon Yuldashev tarjimasi


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1