Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 02:30 – Angliya Liga kubogi. Mourino shogirdiga mag'lub bo'ldi 
  • 02:00 – Italiya A Seriyasi. “Inter” qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi 
  • 01:50 – La Liga. “Espanol” o'z maydonida uch ochkoni qo'lga kiritdi 
  • 01:40 – Bundesliga. Gyotcening goli “Bavariya”ni g'alabadan mahrum etdi va boshqa natijalar 

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Ko'tarma puli borasida "oltin oraliq"ni topish kerak"

9 iyul kuni O'FA rasmiy saytida "Rasman: 2019 yilgi mavsumdan boshlab futbolchilarda ko'tarma puli bo'lmaydi" degan maqola chop etildi.

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Ko'tarma puli borasida "oltin oraliq"ni topish kerak"

Ushbu xabar chiqqanidan beri bu mavzu ko'pchilikning qizg'in muhokamasiga sabab bo'lmoqda. Malumki, aksar futbolchilar bir jamoadan ikkinchisiga o'tganda yangi klubidan ko'tarma puli (boshqacha aytganda, "podyomniy") olishadi. Ko'tarma pullarini qay tartibda berish borasida aniq qoida mavjud emas, bunda har klub o'z tanlagan yo'lidan kelib chiqib ish tutadi.

Agar keyingi yildan futbolchilarga beriladigan ko'tarma pullariga chek qo'yilsa unda nima bo'ladi? Bu haqda birdaniga fikr bildirish qiyin va nimadir gapirishdan oldin obdon bosh qotirishga to'g'ri keladi. Navbati bilan bu borada ko'pchilik murabbiy va futbolchilarning fikrini berib borishga harakat qilamiz. Yaqindagina "Lokomotiv"ga qaytgan Temurxo'ja Abduxoliqovning bu haqda fikri quyidagicha bo'ldi.

- "Endi bu O'FA chiqargan qaror, shu bois men faqat o'z fikrimni bildirishim mumkin, xolos. Futbolchi yuqori saviyada maksimum 10-15 yil o'ynashi mumkin. Mehnatimiz qanchalik og'irligini o'zingiz yaxshi bilasiz. Futbolchilar bir jamoa bo'lib mashg'ulot o'tkazishadi, keyin xuddi o'zingizga o'xshab tayyorgarlik ko'rgan jamoaga qarshi maydonga tushib yutishingizga to'g'ri keladi".

- "Men nima deyishim mumkin? Bizning chempionatda o'zi shundoq ham misol uchun Qatar va Xitoy bilan solishtirganda katta pul aylanmaydi. Men bu qarorga noroziman deya olmayman-u, lekin bu haqda chuqur o'ylab ko'rish, "oltin oraliq"ni topish kerak degan fikrdaman. Balki keyinchalik shuning ustida bosh qotirishar. Nima bo'lganda ham qarorni O'FA qabul qiladi. Agar bu qaror o'z kuchida qoladigan bo'lsa, futbolchilar bilan nima ro'y berishini qishda ko'ramiz. Lekin men buni bir tomonlama chiqarilgan qaror deb hisoblayman", - deydi "temiryo'lchilar" hujumchisi.

X.Xoliqov.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1