Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 02:30 – Angliya Liga kubogi. Mourino shogirdiga mag'lub bo'ldi 
  • 02:00 – Italiya A Seriyasi. “Inter” qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi 
  • 01:50 – La Liga. “Espanol” o'z maydonida uch ochkoni qo'lga kiritdi 
  • 01:40 – Bundesliga. Gyotcening goli “Bavariya”ni g'alabadan mahrum etdi va boshqa natijalar 

O'zbekiston maxsus olimpiya jamoasini “Gothia Cup” musobaqasiga kuzatish marosimi o'tkazildi

2018 yil 13 iyul kuni O'zbekiston futbol associaciyasining anjumanlar zalida SHveciyaning Geteborg shahrida o'tkaziladigan “Gothia Cup” maxsus futbol musobaqasida ishtirok etish uchun jo'nab ketayotgan maxsus olimpiya jamoasini kuzatish marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston maxsus olimpiya jamoasini “Gothia Cup” musobaqasiga kuzatish marosimi o'tkazildi

Marosimda O'zbekiston futbol associaciyasi Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev, Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G'ofurov, murabbiylar shtabi, futbolchilarning ota-onalari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Kuzatuv marosimida so'zga chiqqan O'FA bosh kotibi Sardor Rahmatullaev va Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G'ofurov barcha futbolchilarga O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning tabrigini etkazib,  ularga bo'lajak musobaqada omad yor bo'lishini tilashdi. SHuningdek, yurtimiz shanini munosib himoya qilishlariga umid bildirib o'tishdi.

O'z o'rnida futbolchilar nomidan so'zga chiqqan Abbos Mahkamov ko'rsatilayotgan etibor va bildirilayotgan ishonch uchun rahbariyatga minnatdorchilik izhor qilib, musobaqa yurtimiz shanini munosib himoya qilishga vada berib o'tdi.


“Gothia Cup” yoshlar futbol musobaqasi SHveciyaning Geteborg shahrida har yili o'tkazilib, unda dunyoning 80ta davlatidan tashrif buyurgan yoshlar va qizlar jamoalari ishtirok etishadi. Ishtirokchilar soniga ko'ra bu turnir dunyodagi eng yirik musobaqalardan biri hisoblandi. 1975 yildan beri o'tkazib kelinayotgan bu musobaqada shu kunga qadar 80 dan oshiq davlatlardan 1 750 jamoa va 37 000 dan ziyod sportchilar ishtirok etishgan.

Ushbu musobaqa bir hafta davom etib, Geteborg shahrining asosiy tadbiriga aylanadi. SHahardagi 110 ta maydonda 4 500 ta o'yin o'tkazilib 300 000 dan ziyod tomoshabin tashrif buyuradi.

Bu yilgi musobaqada 12 ta davlatdan tashrif buyurgan 25 ta jamoa, xususan O'zbekiston maxsus olimpiya jamoasi ham qatnashadi.

Jamoamiz joriy musobaqada to'rtinchi marta ishtirok etadi. Futbolchilarimiz shu kunga qadar bo'lib o'tgan musobaqalarda ketma-ket 3 marotaba yurtimizga kumush medallar bilan qaytishgan.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1