Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 09:20 – Ravanelli Ukraina klubi bosh murabbiyligidan ketdi 
  • 08:50 – Ernesto Valverde: “SHartnomani uzaytirish haqida gapirishga hali erta” 
  • 08:00 – Bugungi futbol uchrashuvlari va ularni namoyish etadigan telekanallar bilan tanishing (foto) 
  • 08:00 – FOTOGALEREYA. "Paxtakor" - "Buxoro" 2:1 

PFL AGMK - "Paxtakor" uchrashuvida ro'y bergan vaziyatga oydinlik kiritdi

Superliganing 14-turi doirasidan o'rin olgan AGMK - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvining 52-daqiqasida ro'y bergan vaziyat futbol jamoatchiligi o'rtasida keng muhokama etilmoqda.

PFL AGMK - "Paxtakor" uchrashuvida ro'y bergan vaziyatga oydinlik kiritdi

Gap shundaki, mazkur uchrashuvning 52-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi hujumga o'tgan paytda to'p AGMK azosi Muzaffar Muzaffarovga kelib tushdi va uchrashuv bosh hakami Vladislav Ceytlin shu onda o'yinni to'xtatib, ushbu futbolchiga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatdi. Natijada bunga qadar 26-daqiqada ilk marta ogohlantirilgan Muzaffarov maydonni tark etdi. Uchrashuv sharhlovchisi bu vaqtda to'p AGMK futbolchisining qo'liga tekkan yoki tegmagani borasida fikr bergan. Aslida esa hakamning qarorida bu mavzu umuman rol o'ynamagan.

Mazkur vaziyatda bosh hakam tomonidan qabul qilngan qaror ko'pchilik tomonidan muhokama etilmoqda. Bugun O'FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi mazkur vaziyat yuzasidan yig'ilish o'tkazdi. Unda AGMK — "Paxtakor" o'yinida ro'y bergan vaziyat atroflicha tahlil qilindi. Vladislav Ceytlin aslida vaziyat qanday bo'lganini izohlab, o'sha holatda AGMK futbolchisi o'zini professional futbolchiga xos ravishda tutmasdan, nohalol tarzda o'ynaganini takidladi. Yani, “Paxtakor” jamoasi hujum qilayotgan paytda to'p qanotdan jarima maydonchasiga yaqin joyda turgan Jaloliddin Masharipovga uzatib berilgandi. Lekin AGMK azosi Muzaffar Muzaffarov raqibini chalg'itish maqsadida “To'pni o'tkazib yubor, ortingda men borman” deya takidladi. Natijada sakrab to'pni to'xtatishga chog'langan Masharipov unga tegmadi va to'p borib Muzaffar Muzaffarovga tushdi. Bu tarzda raqibini chalg'itib, to'pga ega chiqish halol o'yin principlariga aslo to'g'ri kelmaydi.

Xalqaro Futbol Associaciyalari Kengashi IFAB tomonidan ishlab chiqilgan 2017-18 yillar uchun Futbol qoidalarining 12-bo'lim 3-bandida futbolchiga o'zini sportchiga xos bo'lmagan tarzda tutgani uchun sariq kartochka ko'rsatilish holatlari qayd etilgan. Aynan shu bandga ko'ra, futbolchi agar raqibini og'zaki tarzda haqorat qilsa yoki uni quyushqondan chiqarishga, raqibni chalg'itishga urinsa sariq kartochka bilan jazolanadi. O'yin paytida haqoratli so'zlar ishlatish yoki raqibni chalg'itishni ko'zlagan qichqiriqlarni amalga oshirish sportchiga xos bo'lmagan harakat hisoblanadi.

O'FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi AGMK — "Paxtakor" uchrashuvining 52-daqiqasida ro'y bergan vaziyatni muhokama etgach, AGMK futbolchisi Muzaffarovning qichqirig'ini sportchiga xos bo'lmagan harakat deya baholadi va bosh hakam Vladislav Ceytlin tomonidan qabul qilingan qarorni to'g'ri, deya topdi.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1