Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 09:20 – Ravanelli Ukraina klubi bosh murabbiyligidan ketdi 
  • 08:50 – Ernesto Valverde: “SHartnomani uzaytirish haqida gapirishga hali erta” 
  • 08:00 – Bugungi futbol uchrashuvlari va ularni namoyish etadigan telekanallar bilan tanishing (foto) 
  • 08:00 – FOTOGALEREYA. "Paxtakor" - "Buxoro" 2:1 

Milan Mitrovich: “Jizzax va jizzaxlik muxlislar menga juda yoqdi”

Kuni kecha Superliganing qoldirilgan 14-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Buxoro” ni qabul qildi. Qiziqarli va shiddatli bahsda “So'g'diyona” raqiblarni yirik hisobda taslim etdi.

Milan Mitrovich: “Jizzax va jizzaxlik muxlislar menga juda yoqdi”

Transfer oynasida jamoamiz tarkibiga kelib qo'shilgan Serbiyalik darvozabon Milan Mitrovich o'z o'yini bilan muxlislar ko'nglidan joy olib bormoqda. "Buxoro"ga qarshi o'yindan so'ng Milan Mitrovich bilan suhbat qilishga qaror qildik.

- Milan, avvalo O'zbekistonga xush kelibsiz. Jamoamiz tarkibida 2 ta o'yin o'tkazdingiz. Taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- Katta rahmat. Jamoaga kelganimdan xursandman. Bu erda meni juda iliq kutib olishdi. Muhit esa alo darajada. Har bir mashg'ulotda borimizni berib mehnat qilayapmiz. O'yinlarga keladigan bo'lsak, “Metallurg”ga qarshi bahsda tasodifan mag'lub bo'ldik. Ular birgina imkoniyatdan foydalanib gol urdi biz esa o'yin oxirigacha hisobni tenglashtirolmadik. Afsus… Kechagi o'yindan esa ko'nglim to'ldi. Juda kerakli 3 ochkoni qo'lga kiritdik.

“So'g'diyona”  o'z so'zini ko'p aytadi ishonaman. Biz ko'pchiligimiz hali jamoada yangimiz. SHuning uchun ham hali bir birimizni ozroq tushunish qiyin bo'layapti. Lekin biz har bir mashg'ulotda mehnat qilayapmiz. Murabbiylarimiz bizni faqat olg'a undamoqda. Ishonaman, jamoa bilan bir oila bo'lib o'z bilimimizni va kuchimizni ko'rsatamiz. Jamoadoshlarimdan minnatdorman. Bir necha kundan beri Jizzaxda  bo'lsam-da, o'zimni begonadek his qilmayapman. Hamma qo'llab-quvvatlamoqda. SHu sababli muhitga  moslashishim qiyin bo'lmapti. “So'g'diyona” g'alabalariga o'z hissamni qo'shishga harakat qilaman.

- Kechagi o'yinda muxlislar jamoani ajoyib qo'llab-quvvatladi. Ularga qanday tilaklaringiz bor?
- Jizzaxlik muxlislar menga juda yoqdi. Haqaqatda ajoyib muhit bo'ldi. Bunaqasini kamdan kam kurganman. Ayniqsa mag'lubiyatlan so'ng ular bizni faqat qo'llab-quvvatladi. Og'ir kunimizda yonimizda bo'ldi va bizni olg'a undadi. Biz esa javoban ularga g'alabani taqdim etdik. G'alaba muxlislarniki. Barchaga rahmat. Biz ishlashda davom etamiz - deydi Milan Mitrovich. 


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1