Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 11:00 – "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuviga marhamat, kirish bepul 
  • 11:00 – SHota Arveladze: "Metallurg" yaxshi jamoa" 
  • 11:00 – "Yuventus" va "Milan" Iguain transferini muhokama qilishmoqda 
  • 10:30 – Superliga. Bugun 18-tur start oladi 

“Navbahor” rahbariyatida o'zgarish. Boboev ketdi

Bugun Namangandagi “Markaziy” o'yingoh anjumanlar zalida yig'ilish o'tkazildi.

“Navbahor” rahbariyatida o'zgarish. Boboev ketdi

Unda "Navbahor" PFK rahbariyati va ishchi-xodimlari, "Markaziy" o'yingoh rahbariyati hamda ishchi-xodimlari, "Navbahor" jamoasi muxlislari ishtirok etishdi. Yig'ilishni Namangan viloyat hokimining birinchi o'rinbosari Alisher Fayzullaev olib bordi. Alisher Tursunbaevich o'z so'zida mamlakatimiz, xususan, viloyatimizda sport, shu jumladan, futbolga katta etibor qaratilayotganligi,  Namanganning “Navbahor” klubi oldiga joriy mavsumda yuksak maqsad qo'yilganligini takilab, jamoada transferlar “oynasi” vaqtida yuz bergan o'zgarishlarga to'xtalib, “Navbahor”ning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga etishiga tilak bildirdi. SHundan so'ng, tashkiliy masala ko'rildi. Unga ko'ra, “Huquqiy Jamiyat” nashriyoti tasischisi, “Mashimpeks” xoldingi vice-prezidenti SHamshod Ergashovich Sarikov viloyat futbol associaciyasi vice-prezidenti etib tayinlandi.

Alisher Fayzullaev SHamshod Sarikovga yangi lavozimida omad yor bo'lishini tiladi.


So'ngra Namangan viloyat futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Bahrom Xolmirzaev so'zga chiqib, SHamshod Sarikovga yangi lavozimida omad yor bo'lishiga tilak bildirdi.
 
SHundan so'ng, SHamshod Ergashovich so'z olib, bildirilgan ishonch uchun Namangan viloyat hokimi Xayrulla Hayitbaevich  Bozarovga minnatdorchilik bildirib, o'ziga bildirilgan ishonchni oqlash uchun qo'lidan kelgancha mehnat qilishini takidladi.

 
So'ngra, Namangan viloyat futbol associaciyasi yangi vice-prezidenti SHamshod Sarikov “Navbahor” PFK rahbariyati va ishchi – xodimlari, shuningdek, “Markaziy” o'yingoh rahbariyati hamda xodimlari, bundan tashqari, "Navbahor" jamoasi muxlislari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi. Unda tashkiliy masala ko'rildi. Unga ko'ra, shu kungacha “Navbahor” PFK direktori vazifasida ishlagan Baxtiyor Boboev o'z arizasiga ko'ra, istefoga chiqarilganligi malum qilindi.

B.Boboevning o'rniga shu kungacha “Navbahor” PFK direktori birinchi o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ilhomjon Mirzaboev vaqtinchalik “Navbahor” PFK direktori etib tayinlandi.
 


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1