Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 09:00 – Maruan Fellayni: “Endi etib olish qiyin bo'ladi” 
  • 08:00 – Bugungi futbol uchrashuvlari va ularni namoyish etadigan telekanallar bilan tanishing (foto) 
  • 08:00 – FOTOGALEREYA. "Paxtakor" - "Buxoro" 2:1 
  • 07:50 – Superliga. Bugun 24-tur davom etadi, Toshkentda derbi bo'ladi 

Bilasizmi? "So'g'diyona" 36ta o'yindan so'ng yana yirik hisobda g'alaba qozondi

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi kecha Superliga 14-tur doirasida "Buxoro" bilan kuch sinashdi.

Bilasizmi? "So'g'diyona" 36ta o'yindan so'ng yana yirik hisobda g'alaba qozondi

Mazkur bellashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi. O'yinda Nikola Milinkovich, Sanjar Rashidov va SHohruz Norxonov tomonidan kiritilgan gollar maydon egalariga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi.

Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, "So'g'diyona" bungacha oxirgi marta 2017 yil oliy liganing 9-turida yirik hisobda zafar quchgan ekan. O'shanda jizzaxliklar uyda "Mashal"ni 3:0 hisobida mag'lub etishgan, eng qizig'i, o'sha o'yinda ham Sanjar Rashidov gol urgandi.

SHundan so'ng o'tgan yil 21ta, bu yil 15ta - jami 36ta bahs o'tib "So'g'diyona" yana yirik hisobda zafar quchdi. Aytish mumkinki, kecha "So'g'diyona" ushbu mavsumdagi eng yaxshi o'yinlaridan birini namoyish etdi.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1