Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 11:00 – "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuviga marhamat, kirish bepul 
  • 11:00 – SHota Arveladze: "Metallurg" yaxshi jamoa" 
  • 11:00 – "Yuventus" va "Milan" Iguain transferini muhokama qilishmoqda 
  • 10:30 – Superliga. Bugun 18-tur start oladi 

Osiyo futboli. Avstraliyaning yangi bosh murabbiyi ishga kirishdi

Avstraliya terma jamoasi JCH-2018dagi ishtirokini yakunlaganidan so'ng gollandiyalik murabbiy Bert van Marveyk o'z lavozimini tark etdi.

Osiyo futboli. Avstraliyaning yangi bosh murabbiyi ishga kirishdi

Bu avvaldan malum edi. CHunki van Marveyk bilan shartnoma mundial oxirigacha tuzilgandi. Endilikda terma jamoani mahalliy mutaxassis Grexem Arnold qabul qilib oldi va "sokkeruzlar" ushbu murabbiy qo'l ostida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasiga tayyorgarlik ko'rishadi.

Avstraliya jahon chempionatida ko'ngildagidek ishtirok eta olmadi. Jamoa atigi bitta durang bilan guruhda oxirgi bo'ldi. Lekin yangi murabbiy ishga kirishgach  bundan keyin hammasi yaxshi bo'lishini takidlab o'tdi.

"Har doim bitta natijani o'ylab yurish yaxshi emas. Jahon chempionatidagi ishtirok biz uchun ortda qoldi va buyog'iga kelajakni o'ylashimiz kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda terma jamoa haqida ko'p salbiy gaplar yozilmoqda, futbolchilar esa buni o'qib tasirlanishyapti. Hammasiga Avstraliyaning ko'p gol urmagani sababchi. Lekin bizda gol urishni biladigan futbolchilar bor, faqat ular bilan ishlash kerak. Futbolda faqat to'p charchamaydi, odamlar esa yuguraverib toliqadi. Kuchli jamoaga aylanish uchun faqat va faqat mehnat qilishimiz kerak. Bundan boshqa yo'l yo'q. Avstraliyada kuchli bo'lish uchun hamma sharoit etarli", - deydi 54 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Avstraliya Osiyo Kubogi musobaqasi guruh o'yinlarini Iordaniya, Falastin va Suriyaga qarshi o'tkazadi.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1