Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 22:10 – "CHelsi"ning yangi futbolchisi: "Yangi chaqiruvlarga chanqoqman" 
  • 22:00 – Superliga. "Neftchi" Buxoroda durang qayd etdi 
  • 21:50 – Superliga. "Navbahor" - "So'g'diyona" 2:0 LIVE. ONLAYN 
  • 21:20 – Superliga. "Metallurg" - "Bunyodkor" 1:1 LIVE. ONLAYN 

“Lokomotiv” – “Navbahor”. Uchrashuvlar tarixi

Superliganing qoldirilgan 14-turi doirasidan o'rin olgan markaziy va qiziqarli tarzda kechishi kutilayotgan bellashuv “Lokomotiv” o'yingohda bo'lib o'tadi.

“Lokomotiv” – “Navbahor”. Uchrashuvlar tarixi

Unda O'zbekistonning 2 karra chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi “Navbahor” klubini qabul qiladi.  Ushbu uchrashuvni tajribali referi – Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.  O'yin soat 19:00da start oladi.

SHu o'rinda ushbu ikki jamoaning o'zaro uchrashuvlari tarixiga etibor qaratadigan bo'lsak,  “Lokomotiv” shu paytga qadar “Navbahor”ga qarshi 27ta o'yin o'tkazgan.  O'zaro o'yinlarning 14tasida “temiryo'lchilar” jamoasi zafar quchgan.  8ta bellashuvda esa namanganliklarning “qo'li baland” kelgan.  Yana 5ta o'yin esa durang bilan nihoyasiga etgan.
“Loko” futbolchilari ushbu raqib darvozasini hozirgacha 47 marta ishg'ol etishga muvaffaq bo'lishgan.  Toshkent klubi darvozasidan esa 38 bor to'p o'tkazib yuborgan.

“Lokomotiv”ning “Navbahor” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi – 5:0 hisobida tugagan bo'lib, ushbu bahs 2016 yilgi mavsum ikkinchi davrasida o'tkazilgandi.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1