Авторизация
Eslab qoling: futboltv.asia
 
  • 11:00 – "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuviga marhamat, kirish bepul 
  • 11:00 – SHota Arveladze: "Metallurg" yaxshi jamoa" 
  • 11:00 – "Yuventus" va "Milan" Iguain transferini muhokama qilishmoqda 
  • 10:30 – Superliga. Bugun 18-tur start oladi 

Superliga: “Nasaf” - “Qizilqum”. Prevyu

Superliganing qoldirilgan 14-turida “Nasaf” Navoiy shahrining “Qizilqum” jamoasi bilan bahslashadi.

Superliga: “Nasaf” - “Qizilqum”. Prevyu

Uchrashuv 13 iyul, juma kuni “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi va soat 21:00da boshlandi.


Superliga, 14-tur
“NASAF” – “QIZILQUM”
13.07.2018. “Markaziy” stadion. 21:00da
Bosh hakam:
Olim To'ychiboev (Farg'ona)
Qanot hakamlari: Maksim Nexochin (Namangan), SHerzod Azamov (Toshkent)
Zaxira hakami: Isxoq Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: Noil Lutfullin (Toshkent)
Komissar: Baxtiyor Mametov.
 

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, “Qizilqum” va “Nasaf” jamoalari hozirgacha 37 marta kuch sinashgan. Ushbu bahslarning 22 tasida "Nasaf" ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g'alaba qozonishgan. 9 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 70-39.    

Endi mazkur jamoalar o'rtasidagi eng yirik hisoblar haqida to'xtaladigan bo'lsak, "Nasaf" “Qizilqum” ustidan 7:1, 5:2 va 4:0 ko'rinishida g'alabaga erishgan. “Qizilqum”ning “Nasaf” ustidan eng yirik hisobdagi g'alabasi 3:1 ko'rinishida.

SHu yilning 18 mart kunida Navoiyda o'tgan o'zaro uchrashuvda, qarshiliklar 2:1 hisobida zafar quchgan edi.

"Nasaf" Ro'ziqul Berdiev boshchiligida hali biron marta, hoh Qarshida bo'lsin, hoh Navoiyda bo'lsin,  “Qizilqum” jamoasiga mag'lub bo'lgan emas.

Qarshida bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvlarga oid

Mazkur jamoalar Qarshida jami 17 marta o'zaro bahslashgan. Ularning 14tasida "Nasaf" g'alaba qozongan, bir uchrashuvda “Qizilqum” jamoasi kichik 1:0 hisobida g'alabaga erishgan. Bu uchrashuv 2008 yili bo'lib o'tgan. Qolgan 2 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. Qarshidagi uchrashuvlarda jami darvozalarga 59 marta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo'yicha ham ustunlik “Nasaf” tomonida: 45-14.

Bo'lajak uchrashuv jamoalarning Qarshidagi 18-uchrashuvi sifatida tarixga kiradi.

 
Qarshidagi so'nggi besh uchrashuv natijasi

2017 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  2:0
2016 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  2:0
2015 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  3:1
2014 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  2:0
2013 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  7:1

Yuqorida takidlaganimizdek, “Qizilqum” jamoasi so'nggi bor 2008 yili Qarshidan uch ochko bilan qaytgan. Ushbu uchrashuv 23-tur doirasida bo'lib, 4 oktyabr kuni o'tgan va “madanchi”lar kichik 1:0 hisobida zafar quchishgan.


Manba: chempionat.asiaскачать dle 12.1
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Оставить комментарий
  • Bugun
  • Ko'p o'qilgan
  • Muhokama
Chempionatlar
  • APL
  • LaLiga
  • B.liga
  • Seria A
  • Liga 1